Get Mystery Box with random crypto!

#11_sinf_mashq_tahlili Gaplarda metonimiya va sinekdoxa yoʻl | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

#11_sinf_mashq_tahlili

Gaplarda metonimiya va sinekdoxa yoʻli bilan hosil boʻlgan
koʻchma ma’nolarni izohlang.

1.Undan keyin sizning dasturxoningizni solib,qoʻlingizga suv berib, qizingizning choklarini tikishib,xizmatingizni qilib yotardim!(Choʻlpon)

2.Toki gʻolib ekan muzaffar oʻlka, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat.(A.Oripov)

3.Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa, Oltin boshning kalla boʻlgani shudir.(E.Vohidov)

4.Balki,tush koʻrganday qolursiz hayron, EshitibToshkentning sabr-u toqatin.(A.Oripov)

5.Sevgidan yetim-u umrdan yarim, Qurigan koʻksida yolgʻiz belanchak. Abadiy firoqni,hayhot,doʻstlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak.(A.Oripov)

6.Bashirjon yoniga agʻdarildi:«Rahmatli chol toʻgʻri aytarkan.Undan-ku,bir tirnoq― men qoldim.Yaxshimi-yomonmi,harqalay,ismini familiya qilib yuribman».(N.Aminov)

Yechim:

Matnda qo‘llangan metaforalar:
gʻolib ekan muzaffar oʻlka;
Oltin bosh;
Toshkentning sabr-u toqatin;
Sevgidan yetim;
Qurigan koʻksi;
Yotardim

Matnda qo‘llangan metonimiyalar:
qizingizning choklari– tikayotgan matolari(kiyimlik yoki
ko‘rpalik)
Oʻzbek Navoiyni(Navoiy asarlarini)oʻqimay qoʻysa;
Toshkentning(Toshkent shahrining)sabr-u toqatin.
Matnda qo‘llangan sinekdoxa:
birtirmoq(farzand ma’nosida)―men qoldim
.