Get Mystery Box with random crypto!

1-topshiriq. Berilgan gapni oʻqing va qaysi til vositasini not | Oson Ona Tili | Nozima Oʻtkirovna

1-topshiriq.
Berilgan gapni oʻqing va qaysi til vositasini notoʻgʻri qoʻllash tufayli nutqning mantiqiyligi buzilganini izohlang.

Sudning kimyoviy ekspertizasi T.Boʻriyevning qoʻllari,kurtkasining
chapchoʻntagidagi maxsus kukun izlari mavjudligi,kukunlar tarkibi ham bir-birigamosligi aniqlandi.

Yechim:
Gap qurilishida ayrim
grammatik (morfologik) vositalarning
yetishmasligi va gap bo‘laklarining joylashuvida tartibning buzilganligi
tufayli gap mazmunida noaniqlik va mantiqiy xatoliklar kuzatilgan.Shu bois
jumla qurilishini quyidagicha o‘zgartirish maqsadga muvofiq.

Sudning kimyoviy ekspertizasi tomonidanT.Boʻriyevning qoʻllarida
va kurtkasining chap choʻntagida maxsus kukun izlarining mavjudligi
hamda ularning tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi.