Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Hacker

Telegram kanalining logotibi osiyohacker1 — Osiyo Hacker O
Telegram kanalining logotibi osiyohacker1 — Osiyo Hacker
Kanal manzili: @osiyohacker1
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-04-21 10:59:32 Istig’for qanday aytiladi?

O’qilishi: “Astag’firulloh”.
Ma’nosi: “Allohdan (gunohlarimni) kechirishini so’rayman!”

O’qilishi: “G’ufronaka”.
Ma’nosi: “Yo Alloh, gunohlarimni kechir!”

O’qilishi: “Astag’firulloha va atuvbu ilayh”.
Ma’nosi: “Allohdan kechirim so’rayman, Unga tavba qilaman!”

O’qilishi: “Astag’firullohallaziy laa ilaaha illaa huval hayyul qoyyum, va atuvbu ilayx”.
Ma’nosi: “Undan O’zga iloh yo’q, doim tirik, har narsaga guvoh bo’luvchi Allohga istig’for aytaman, tavba qilaman!”

O’qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag’firuka va atuvbu ilayk”.
Ma’nosi: “Yo Alloh! Sen har qanday nuqsondan Poksan, hamdu sanoga faqat O’zing loyiqsan. Senga istig’for aytaman, tavba qilaman!”

O’qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaaha illaa anta astag’firuka va atuvbu ilayk”.
Ma’nosi: “Yo Alloh! Sen (barcha ayb-nuqsonlardan) Poksan. Senga hamd aytaman, Sendan boshqa iloh yo’qligiga guvohlik beraman, Senga istig’for aytaman, tavba qilaman!”

O’qilishi: “Allohumma mag’firotuka avsau min zunuvbiy va rohmatuka arjaa ‘indiy min ‘amaliy”.
Ma’nosi: “Yo Alloh! Sening mag’firating gunohlarimdan keng, mening nazdimda rahmating amalimdan umidliroqdir”.

"Istig'forning 40 xosiyati"

@Al_Rayyan_official
14 viewsDanger , 07:59
Ochish/sharhlash
2022-04-21 10:59:31 ​​Muhabbat bu...

Birgalikda ro'za tutmoq.
Bir-birini saharlikka uyg'otmoq.
Kuyib-pishib iftorlikka habibi uchun nimadirlar pishirmoq.
Mehr bilan "Nechchi minut qoldi" deb bir biridan so'ramoq.
Sen yemasang, men ham yemayman deb tahdid qilmoq.
Tansiqli taom ozroq bo'lsa "Yegim yo'q" sen yegin deb aldamoq.
Ayoli hech narsa yemasa, "samalyot" og'zingni och deb yedirmoq.
Habibining ishdan kelishini iftorlikni kutgandek kutmoq.
Ayoli uchun yaxshi ko'rgan "kinder"larini olmoq va beryatganida "Yosh bolasanda" deb burnini chimchilab qo'ymoq.
Birgalikda tahajjud o'qimoq.
Duolarida bir birining borliklari uchun shukrona keltirmoq, o'zidan oldin duolarida juftini eslamoq.
Sevgisini balandparvoz so'zlar bilan emas, mehr to'la ko'zlari bilan izhor qilmoq.
Ishga ketyatganida bugun mana shu sur'ani so'rayman deb vazifa berib ketmoq.
Xullas, janjal bilan emas, har kuni borida ham yo'g'iga ham shukrona keltirib, bir birini tushunib, hazillashib, yaxshi ko'rib yashamoqdir...

Manba: Al RAYYAN
10 viewsDanger , 07:59
Ochish/sharhlash
2022-04-21 10:59:31 HAQIQIY ISHQ

Alloh uchun doʻstlashgan ikki choʻpon boʻlgan ekan. Bir kuni ikkovlon soʻzlashib oʻtirib, biri dardini aytib qolibdi:
— Doʻstim, men oshiq boʻldim...
— Alloh xayrli qilsin! Nega mahzunsan? Kimga oshiq boʻlding?
— Podshohning qiziga. Unga yetishish mening buyuk orzuim.
— Shunaqami? Nima qilsak ekan? Ha, topdim. Bir paytlar men safarda orif zot bilan birga boʻlgan edim. Oʻsha zotdan soʻraymiz.
Ikki doʻst oʻsha orif zotning oldiga borib, vaziyatni tushuntirishibdi.
— Buning yoʻli oson, — debdi orif zot. — Falon yerdagi gʻorga borasan, qirq kun tinmay “Alloh, Alloh, Alloh” deysan.
Yigit rozi boʻlib, orif aytgan ishni boshlabdi. Oʻn kun oʻtibdi, oʻn besh kun oʻtibdi. Yigit garchi tili “Alloh” desa-da, xayolida podshohning qizini tasavvur qilib zikrni davom ettiraveribdi. 25 kunlardan keyin butun shahar bu darveshning holidan ogoh boʻlib, soʻzlay boshlabdi: “Koʻrdingizmi, bir darvesh gʻorda tunu kun Allohni zikr etyapti. Qandayin goʻzal!”
Yigit odamlarga eʼtibor bermas, holdan toyib qolgan boʻlsa ham, podshohning qizi visolida, tinmay zikr etar va qirqinchi kunni astoydil kutar edi.
Bu gap-soʻzlar podshohning saroyiga ham borgach, vazirlar:
— Podshohim, bilasiz, valiylar kelgan joylarga Allohning barakasi nozil boʻladi, odamlarda muhabbat paydo boʻladi. Qanday qilib u zotni shahrimizda olib qolsak ekan? — deyishibdi.
— Saroyim oldiga bir saroy qursak, qabul etarmikan?
— Yoʻq, orif zotlar mol-dunyoga qarashmaydi.
— Vazirlikni bersam-chi?
— Uni ham qabul etmaydi.
— Unda nimani maslahat bersasizlar?
— Karimangizni unga nikohlab bering.
— Agar valiy zot qabul qilsalar, bu menga ham sharaf.
Qirqinchi kun yetib kelibdi. Shu kunda podshoh va uning ayonlari, yigitning doʻsti darveshning huzuriga borishibdi. Yigit tasbeh bilan hamon zikr qilardi. Yigit zikrni toʻxtatishi bilan podshoh salom berib, soʻrabdi:
— Hazrat, sizning bu yurtda boʻlishingiz bizga sharaf. Buyuring, sizga bir saroy qurdiraman.
— Keragi yoʻq.
— Unda keling, yurtni birga boshqaraylik.
— Yoʻq.
— Soʻnggi umidim shuki, mening bir qizim bor. Garchi sizga loyiq boʻlmasa-da, uni nikohingizga olsangiz.
— Yoʻq.
Shunda choʻponning doʻsti yugurib, uning oldiga kelibdi-da, soʻrabdi:
— Qirq kunki, zahmat chekib shu podshohning qizi uchun zikr etding-ku. Endi nega undan voz kechyapsan?
Doʻsti tabassum qildi-da, shunday javob berdi:
— Men qirq kun podshohning qizi uchun “Alloh” deganimga huzurimda podshohu vazirlar tiz choʻkyapti. Agar Alloh uchun “Alloh” deganimda edi nelar bo‘lgan boʻlardi...

@Al_Rayyan_official
10 viewsDanger , 07:59
Ochish/sharhlash