Mishutka' shirinligi. Kerakli masalliqlar: Tuxum-7 ta Margar | 🎂 OSHPAZ KELIN 🎂
Mishutka" shirinligi. Kerakli masalliqlar: Tuxum-7 ta Margarin -500 gr Un-600-800 gr Razrexlitel-1 pachka Smetana-2 osh qoshiq Shakar- 450 gr Yong'oq tozalangan-200 gr Quyiltirilgan sut-300 ml
Tayyorlanishi:
Xona xaroratida erigan margarinni un bilan kroshka qilib olamiz. Razrexlitel solib aralashtirib olib, ustiga smetana, shakar 100 gr va tuxumni oqini sarig'idan ajratib, sarig'ini solib yumshoqinna xamir qoramiz. Muzlatish uchun muz xonaga yuboramiz 2-3 soatga. Muzlagan xamirimizni olib pergament solingan list ustiga qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz , va 350 gr shakar solib yana ko'pirtirishda davom etamiz. Va ko'rjlarimiz ustiga konditer qopchasiga solib gul shaklida chiqarib olamiz. Ustiga xoxishga ko'ra yong'oqni to'g'rab yoyib chiqamiz. Ustidan qolgan xamirimizni xam qirg’ichdan chiqarib olamiz. Duxovkaga 160 gradusda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishib chiqgan ko’rj ustiga quyultirilgan sut quyib olamiz. Xoxishga ko'ra bezatamiz. 3-4 soat krem singib olguncha yemay turing Yoqimli ishtaxa
SINALGAN 999XIL VIDEO RETSEPLAR🌺🌺🌸. Reklama bo'yicha: @reklama_bering. REKLAMA VA TAKLIFLAR UCHUN @YASINA_NUR 🌸🌺🌸. @UZBKELINKI. @ARZON_BOZOR1. @SUPERKELINCHAK. 26_01_2018...