Get Mystery Box with random crypto!

3 yil avval qoygan maqsadimga bugun erishdim 3 yil avval yout | Ibrohimjon Eminov

3 yil avval qoygan maqsadimga bugun erishdim

3 yil avval youtubeda Robetr Kiyosakining '' 1soatda boy bo'ling'' nomli seminarini ko'rgan edim va haqiqatda boy bo'lish uchun nimalar qilish kerakligini tushunib yetgandim.

Uning aytishicha odamlar daromadi bo'yicha 4 sinfga bo'linadi:
1) Oddiy ishchi
2) Mutaxassis inson
3) Biznes egasi
4) Investor

Bu videoni ko'rganimda oddiy ishchi ekanimni hos qilgandim.

Osha paytda investor sinfiga kirishni juda xohlagandim va maqsad qilgandim.

6 oy ichida ishimning mutaxasisiga aylandim. Keyin shaxsiy bizneslar ocha boshladim va nihoyat 2020 yilda faol tarzda loyihalarga pul tikishni boshladim.

Sababi Pulni ishlab topish bu bir masala. <> alohida masala.

Kiyosakining eng ko'p pul topgani Bu ko'chmas mulk ekani va juda ko'p boyvachchalar shug'ullanadigan ish ekanini tushunib yetdim va shu yil oldimga maqsad qo'ygandim.

Men ham Nedvijka olamiga kiraman InshaAlloh deb.

Bugun shu ish boshlandi. Hamkorim bilan birinchi uyimizni harid qildik. Alloh hayrli qilsin.

Quvonchim cheksiz! Siz bilan bo'lishgim keldi.

Bankrot bo'lganimda ham yozgandim. Quvonganimda ham bu hissiyotni bo'lishish kerak deb hisobladim.