Get Mystery Box with random crypto!

Futboldan olgan bilimlarim 6 yoshimdan Futbol oynini juda yax | Ibrohimjon Eminov

Futboldan olgan bilimlarim

6 yoshimdan Futbol oynini juda yaxshi ko'rardim va to'p bilan ko'p vaqt o'tkazardim. Erta boshlaganim uchun to'p bilan yaxshi muomala qilardim zarbam qattiq bo'lmasada raqiblarimni ahmoq qilish jonu dilim edi.

Maktabda barcha jismoniy tarbiya darslarida futbol o'ynardik. Sinfdagi eng kuchli bollar bir jamoa bo'lardi va unchalik futbolga qobilyati yoq bollar men bilan bir jamoa bo'lardi.

Deyarli har safar biz mag'lubiyatga uchrardik. Chunki raqiblarimizni har biri yaxshi o'ynardi. Men qanchalik jonimni bermay chiroyli gollar urmay. Umumiy hisobda biz yengilardik.

Bazi kunlari Darsdan keyin ham qolib futbol o'ynardik. Osha kuni bizdan bir sinf kattalar termasi sinfimizning kuchli termasi va meni jamoam bir stadionda 1 goldan almashib oynay boshladik.

Men ozim bilmagan holatda Jamoamni yeg'ib bir nimalar deya boshladim. Ichimdagi g'alabaga ishtiyoq tufayli barchasini ichida o't yoqishga urunardim. Hozirgi zamon tilida Motivatsya bera boshladim.

Biz o'yinga qo'shilishimiz bilan ketma -ket gollar ura boshladik. Raqiblarimiz holatni tushunmay qolishdi. Hattoki Uglavoydan ham tepgan topim hech kimga tegmay varatadan joy oldi. Hayotimdagi eng chiroyli gol bolgandi.

Sinfmizdagi narigi jamoa bollari ham meni jamoamda o'ynagilari keb ketti

Komandadagi barcha jonini berib o'ynadi. Futbolga unchalik moyilligi yoq bola ham borini tikib yugurardi. Har bir goldagi quvonchimiz bu dunyoga sig'maydigan darajada kuchli edi.

Bu jamoa bilan qaytib bunday o'yin korsatolmagan bolsamda tushunib yetdimki. Agar inson nimanidir o'ta kuchlik xohlasa erishsa bo'lar ekan.

Yana bir narsani tushunib yettimki bunday holat 1000 tadan bitta bo'ladi. Agar g'alaba qilishni istasangiz kuchlilardan jamoa tuzing sababi futbol bilan hayotning farqi bor. Hayotdagi mag'lubiyat sizni ezg'ilab tashlashi mumkin. Menga o'xshab o'zingizni qiynamang, agar to'g'ri va oson yo'li bo'lsa o'sha yo'ldan foydalanganingiz maqul.

Qiyin yo'llar har doim ham tog'ri degani emas. Har kuni 8 soat futbol o'ynab jamoangizga futbolga unchalik qiziqmaydigan va iqtidori yo'qlarni yeg'sangiz faqat siz chiroyli o'yin ko'rsata olasiz. o'rtamiyona lekin jamoaviy o'ynaydigan komandalar sizni osongina yutib qoya oladi.

Aytmoqchi bo'lganim istagan narsaga erishsa bo'ladi. Lekin bu degani eng qiyin yo'llarni tanlashingiz kerak degani emas. Maqsadingiz siz xohlagandan sizga yaqinroq bo'lishi mumkin.