Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Turk | 🎛🎥"OROM" KAFEDRASI JAMOASI.​​​​Doimo harakatda bo'lish kerak. Chunki to'xtaganni o'tirgisi keladi. O'tirganni yotgisi keladi.

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Turk dunyosi filmlar festivalining Oʻzbekistonni taqdirlashga bagʻishlangan anjumani boʻlib oʻtdi. Turkiya Jurnalistlar uyushmasi raisi Menderes Demir soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan fuqarolarning madaniyati bilan boshqa davlatlarni tanishtirish, turkiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorliklikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida fikr bildirdi. Anjuman davomida Turkiya Jurnalistlar uyushmasi raisi tomonidan ushbu fesvtivalni tashkil etishda bergan ko’magi va hamkorligi uchun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev va “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, S.f.d (Phd), professor v.b Iqboljon Meliqo’ziyevlarga maxsus diplom va esdalik sovg’alari taqdim etildi.