Get Mystery Box with random crypto!

#Ayni_paytda Oqdaryo tumanidagi 63-sonli imkoniyati cheklang | 63-sonli ICHBUIDTM rasmiy kanali

#Ayni_paytda

Oqdaryo tumanidagi 63-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati 1963-yilda qurilgan bo'lib, 2016-yilda rekonstruksiya qilinib, muassasa tipiga moslashtirilgan.
Joriy yil aprel oyidan "Agromir" MCHJ homiyligida yotoqxona, oshxonaning tom qismi, binolarning tashqi qismi, yotoqxonasining 2, 3, 4- qavatlari ta'mirlandi.
Ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, bugun ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, muassasada 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab bayram tadbiri ham tashkillashtirilgan. Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari Xurshid Ochilov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Shokir Sultonov, homiy tashkilot vakillari hamda muassasa jamoasi ishtirok etmoqda.

@samarqandvxtb