Get Mystery Box with random crypto!

Hech dunyoga sig‘may ketganmisiz? Qalblar shunday bir halovat | Dream

Hech dunyoga sig‘may ketganmisiz?
Qalblar shunday bir halovat istaydi, lekin hech qayerda bunday halovat yo‘q, qalblar kemtik nimadir yetmayotgandek tuyulganmi hech. Hech kim va hech narsa taskin bera olmagan vaqtda bir joy bor, u shunday joyki unda qalblar taskin topadi, ruh orom oladi...
Hasta dillar u ila shifo topadi.
Unda shunday bir halovat borki abadiy u yerda qolib ketgim keladi ba‘zida. Ajib bir his hayajon umid bor unda so‘nmas va azob bermas ozorlardan holi Ishq bor unda. Siz ham dunyo tashvishidan charchaganda u yerga bir boring. Qalblar orom olsin.  Ishoning bir bora borgach harkuni u tomon shunchalar oshiqasizki ....
U qanday joy ? Qayerda deysizmi?
U.....
Uyingizdagi oddiy:
Joynamoz ...
Namoz...
Sajdaga...
Unda shunday bir huzur bor  bu huzurni faqat sajda qilganlar his etgan. Men halovatni shu yerda topdim buyuk ishqni shu yerda topdim.
Men Allohni shunday sevdim. Meni hidoyat qilgan kundan boshlab unga oshiq bo‘ldim harkim Allohni o‘zicha sevadi o‘zicha oshiq lekin harkim bu sevgisiga sodiq bo‘la olmaydi.Tog‘day gunohlarni orqalab yuramiz yuraveramiz Nafsimizga qarshi turolmay bu sinovli dunyoda qanday qabixliklar qilamiz johilligimizni oqlab ba‘zida bu zamon shunday deb ham qo‘yamiz. Men ham vaqtimni behuda havaslarga sovirib yurgan paytimda namozga sajdaga shunday zor bo‘lganman tasavvur etish qiyin a
3kun och qoldirishsa sizni bir qultum suvga qanday muhtoj bo‘lasiz? Men ham robbimga munojot qilishga uning huzurida bosh egishga, peshonam sajdaga mushtoq bo‘lganman. Robbim men uchun shunday ulug‘ lutf qildiki meni sajdaga chorlab bu imkonni mandan olib sinadi  shundagina ibodat va vaqt qadrini angladim. Qalbingiz  shunday bir ishqni istaganda shaytonning fitnalari ham ojiz qoladi ishoning. Menga shunday ishq kerak edi hamisha yolg‘iz edim yaqin insonlarim orasida  bo‘la turib qalban kimsasiz edim. Mening doim norozi ko‘nglim Robbimga bo‘lgan muhabbat ila to‘ldi dilimdagilarni hamisha aytgim kelgan lekin riyo fitna bo‘lib qolmasmikan derdim.
O‘zingizdan so‘rang nimaga  muhabbat qo‘ygansiz?
Mening muhabbatim nima dunyoga zebu ziynatlarmi orzu havaslarimmi? Neki bo‘lsin bunday muhabbat menga kerak emas baridan voz kechdim robbim har zarramni yaratgan Allohga qasamki man dunyo muhabbatidan kechdim faqat robbim meni hidoyat qilgin, gunohlarimni kechirgin deb yig‘laganman  o‘shanda qarangki duolarim ijobat bo‘ldi. Tavba namozi o‘qidim Alhamdulillah
Vaqtlar o‘tdi payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamni tushimda ko‘rdim.
Bildimki Alloh meni mag‘firat qilishni istayapti, Faxri koinot sallollohu alayhi va sallam meni shafoat qilishni istaydilar bu  tushni shunday tushundim.
Har bir mo‘min muslima borki Alloh va Rasulini yaxshi ko‘radi lekin benamoz  qur‘on va sunnatdan behabar kishilarga qarata aytardim intilish va umid ila harakatdan to‘htamaslik kerak Allohga muhabbat bormi qalbizda demak intiling,  man  baribir do‘zahga kiraman gunohim ko‘p  ohirat bormi yo‘qmi uynab qolay ... Emas tavba qilish kerak Allohdan umid qiling dunyo uchun emas ohirat uchun harakat qiling hidoyat so‘rang albatta sizni solihlar bilan birga qiladi.
Har bir ishda bir hikmat bor degandek mening hayotimdagi turli past balandliklar man uchun sinov Alohhimning rahmati edi Allohim shunday mehribon zot ekanki menday gunohlari ko‘p bandani hidoyat qildi o‘ziga va Rasuliga  muhabbatli qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin Alhamdulillah.  bir joyda eshitgandim ( Allohning rahmati keng bir olam gunohlar ichra yashasakda bir onlik rahmati ila suratimizu siyratimizni poklab qo‘ya oladi) Allohimga behisob shukr meni hidoyat va tog‘ri yo‘lga boshlagani uchun