Get Mystery Box with random crypto!

MAG‘LUB BO‘LGAN G‘OLIBLAR Mana mashaqqatli, lekin tasurotl | ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

MAG‘LUB BO‘LGAN G‘OLIBLAR

Mana mashaqqatli, lekin tasurotlarga boy yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Eng bilimli va omadi chopgan abituriyentlar ta'limning keyingi bosqichida o‘qishni davom etdirish imkoniga ega bo‘lishdi. Ularning barchasini bu g‘alabalari bilan chin yurakdan qutlayman! Endi ularning oldida yangi-yangi maqsadlar bo‘y ko‘rsatadi. Abituriyentlikdagi shijoatlari, mehnatsevarlik ko‘nikmalari so‘nib qolmasidan, kamida bir yillik keyingi maqsadlarini aniq belgilab olishlarini maslahat beraman ularga.

Hozirgi aytmoqchi bo‘lganlarim esa o‘qishga kira olmagan abituriyentlar haqida.
"Jang qurbonsiz bo‘lmaydi"
Bugungi qurbon kimlar?
Talaba bo‘la olmaganlarmi?
Aslo unday emas!

Agar abituriyent o‘qishga kirolmaganini bilganidan so‘ng, o‘sha kunning o‘zida qo‘lini musht qilib, "MEN HECH QACHON ORTGA CHEKINMAYMAN VA ALBATTA KELASI YIL TALABA BO‘LAMAN" desa, u- G‘OLIB.

Aksincha, mandat kunini ko‘z yoshlarga to‘ldirib, o‘zi qolib, ota-onasini va boshqa oila-azolarini ham kayfiyatini tushirsa, o‘ziga achinib qarashlariga, tasalli berishlariga majbur qilsa, u-MAG‘LUB.

Ko‘p havotirga qo‘ymay, ustozining oldiga darhol borib, bu yilgi mashg‘ulotlarini boshlab yuborsa, u-G‘OLIB.

O‘z xato-kamchiliklarini tahlil qilish o‘rniga, yomon natijasiga abituriyenlik vaqtidagi atrof-muhitini, sharoitni aybdor deb bilsa, u-MAG‘LUB.

Ota-onasiga "MEN NIMAGA QODIRLIGIMNI KO‘RSATISHIM UCHUN YANA BIR YIL IMKON BERINGLAR" deyishga kuch topa olsa, u-G‘OLIB.

Qorong‘u xonaga berkinib, qayerda yo‘q pessimist ruhdagi musiqalarni tinglab, "MEN O‘ZI OMADSIZMAN", "MEN SHUNAQA LANDOVURMAN"... deya kunini, vaqtini o‘tkazsa, u- MAG‘LUB.

Birinchi yili o‘qishga kirolmagan bo‘lsada, keyinchalik ulkan zafarlarga erishgan insonlarni o‘ziga mayoq qilib olsa, u- G‘OLIB.
....
AZIZ UKAGINAM, har bir mag‘lubiyat ortida aniq sabablar yotadi. Sen shu sabablarni top va ularni bartaraf qilishga shoshil. Nahotki oldinga qo‘ygan maqsadlaring yana bir yil mehnat qilishinga arzimasa?!
Sen bilan o‘zing yaxshi yoki yomon deb bilgan nimaki sodir bo‘lsa, unda bir hikmat bor. Lekin bu hikmatini anglash uchun gohida bir kun, gohida bir yil yoki undan ham ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. O‘sha vaqt kelguncha senga sabr tilab qolaman.
"HAYOTDA BIZ ISTAGAN EMAS, BIZGA FOYDALI BO‘LGAN HODISALAR RO‘Y BERADI".
So‘zimning shu yerigacha o‘qishga irodang yetibdiki, Senga ishonsa bo‘ladi. Mana ko‘rasan, kelasi yil albatta TALABA bo‘lasan!
Yana shuni ham eslab qol!
"TASODIFLAR TASODIF EMAS"



@ONLINEONATILI