Get Mystery Box with random crypto!

Inspektor-psixologlar o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashis | OnlineEdu.uz

Inspektor-psixologlar o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishga haqqi bormi?

Savol:
Bizning tumanda inspektor-psixologlar maktabga kelib, darsni buzib kirib, pedagoglar darsiga aloqador ma’lumotlar bo‘yicha ularni so‘roq qilyapti. Ularni bunday qilishga vakolati bormi? Inspektor-psixolog davomat bilan shug‘illanadimi yoki pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganadimi?

Javob:
Birinchi navbatda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga noqonuniy tarzda aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu bo‘yicha qonunchilikda alohida javobgarlik belgilangan.

Shu sababli, inspektor-psixologlar ham o‘qituvchining ish faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish vakolati berilmagan.

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan inspektor-psixologlar zimmasiga xar bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik muxitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida konunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hissini
shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash buyicha vazifalar yuklatilgan.

Ya’ni, ular darslarga muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi.

Ko‘rib turganingizdek, inspektor-psixologlarning vazifasi umuman boshqa. Ular faqat muammoli o‘quvchilar bilangina ishlashi lozim. Bu borada huquqlari buzilgan pedagog xodimlar kerakli organlarga shikoyat qilishi mumkin.

@onlineedu_uz