Get Mystery Box with random crypto!

So‘rovnomada ishtirok etgan o‘qituvchilarning 72 foizi maoshla | OnlineEdu.uz

So‘rovnomada ishtirok etgan o‘qituvchilarning 72 foizi maoshlari oshirilishi lozim deb hisoblashgan

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekistonda TALIS-2018 xalqaro tadqiqotlar talablari asosida 2021-yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma hisobotiga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning 72 foizi o‘z maoshlarini oshirilishi lozim deb hisoblashgan.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning ish xaqi (maoshi) muammosi o‘zbekistonliklar tomonidan ham e’tirof etilib, uni yosh pedagog kadrlarning maktabga ishga borishlarini istamasligining asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan. (55%)

Respondentlarning uchdan bir qismi o‘z maoshidan qoniqadi, 45%i esa norozi, 23%i esa qat’iy norozi. Shubhasiz, u deyarli bir ovozdan iloji bo‘lsa, ish haqi oshirish uchun zarur deb hisoblagan oxirgi ikki kategoriyalar hisoblanadi.

Bu 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijasi hisoblanadi. Ammo, maosh masalasi haliyam kun tartibimizdan o‘rin egallamagan. Sanoqli o‘qituvchilar yuqori maosh olyapti degani bu hamma o‘qituvchilarning turmush sharoiti yaxshi degan ma’noni anglatmaydi.

@onlineedu_uz