Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari m | OnlineEdu.uz

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.