Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchini qandaydir aybi sababli darsdan chiqarib yuborish mu | OnlineEdu.uz

O‘quvchini qandaydir aybi sababli darsdan chiqarib yuborish mumkin emas

Maktabga kelgan o‘quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kechikkani, o‘quv qurollari yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish mumkin emas.

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi ularni darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi mumkin emas.

Ho‘sh unda maktab ichiki tartib qoidalariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, taritibbuzar o‘quvchilar ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash ham mumkin. (o‘ta og‘ir holatlarda)

Shuningdek, qoida buzilish holatlari kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish ham mumkin.

Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarga amal qilmay o‘quvchilarni shaxsiyatiga tegish yoki darsdan chiqarib yuborish pedagog xodimlarning zarariga ishlashi mumkin. Shu sababli, bunday masalalarni bosiqlik yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq.

@onlineedu_uz