Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘onalik o‘qituvchining 9 nafar o‘quvchisi viloyat olimpiad | ONLINE OLIMPIADALAR. Online ta'lim

Farg‘onalik o‘qituvchining 9 nafar o‘quvchisi viloyat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Farg‘ona viloyatida informatika fani o‘qituvchisi Odinaxon Yo‘ldoshevaning olimpiadaga olib chiqqan barcha o‘quvchilari respublika bosqichiga chiqdi.

Odinaxon Yo‘ldosheva – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi.

Uning 9–11-sinflardan olib chiqqan 9 nafar o‘quvchisining barchasi viloyat fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Odinaxon Yo‘ldosheva singari fidoiy ustozlarimizni xalq ko'rishi, bilishi, tanishi kerak! Millatning ilmli bo'lishida jon kuydirayotgan bu ustozimizning yutuqlari bundan ham ulkan bo'lishini tilab qolamiz! Albatta, hamisha mana shunday ustozlarimiz borligidan faxrlanamiz!

@Online_olimpiadalar