Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni 2023-yil 13-noyabr | Online Olimpiada

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2023-yil 13-noyabr kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2023-yil 3-dekabr (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube