Get Mystery Box with random crypto!

O'zbek tili va adabiyoti

Telegram kanalining logotibi onatili_islom — O'zbek tili va adabiyoti O
Telegram kanalining logotibi onatili_islom — O'zbek tili va adabiyoti
Kanal manzili: @onatili_islom
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

🌐Telegram ijtimoiy tarmog'idagi O'zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan ilmiy kanal
Islom Boʻriyev

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-19 17:10:31 Grandga o‘qishga kirishni hohlasangiz, bizning test kitoblarimiz aynan siz uchun!

Hozir ayni bilimingizni chig‘iriqdan o‘tkazadigan payt. Chunki deyarli hamma mavzularni o‘qib tugatdingiz.

Bizning DTM standartlari asosida tuzilgan testlarimiz orqali nimalarga qodir ekanligingizni tekshirib oling! Regbooks nashriyoti sizga o‘zbek va rus tillarida eng yangi testlarni taqdim etadi.

Marhamat, mutaxassisligingiz bo‘yicha fanni tanlang. Tanlangan fan ustiga barmog‘ingizni tekkizsangiz, o‘sha fanga oid test kitoblarimiz haqida ma’lumot olishingiz va kitoblar ichidan namuna ko‘rishingiz mumkin.

Таrix
Geografiya
Оna tili va adabiyot
Ingliz tili
Biologiya
Кimyo
Маtematika
Fizika
Маjburiy fanlar uchun
Imtihon testlari
Аvgust imtihoni
Для обязательных предметов
Русский язык и литература
Huquq

Murojaat uchun:
+998930082700 | Теlegramdan yozish
+998974042700 | Теlegramdan yozish
256 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-05-18 10:50:22
Imloviy to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
Anonymous Quiz
15%
asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa
24%
asqatmoq, burg‘ulamoq, mubahasa
17%
asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa
43%
asqatmoq, burg‘ilamoq, mubohasa
86 voters337 views07:50
Ochish/sharhlash
2022-05-18 10:45:43
Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy ma'noni ifodalay oladi?
Anonymous Quiz
26%
ganch-boylik
16%
yaroqli-qurolli
27%
xiyla-nayrang
31%
adil-tikka
89 voters323 views07:45
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:51:55 OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

http://t.me/Onatili_Islom
302 viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2022-05-14 08:30:34 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
337 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-12 09:32:51 Imtihonsiz, qo‘shimcha grant asosida talaba bo‘luvchilar:

harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasi bilan har bir harbiy qismdan bir nafardan yosh harbiy xizmatchi;
xizmat vazifasini bajarish payti halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlar tarkibidagi tashkilotlar harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlari, ichki ishlar tizimi xodimlarining farzandlari;
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon chempionatlarida oxirgi 3 yilda g‘olib bo‘lganlar;
Zulfiya mukofoti, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sovrindorlari;
“Nihol” mukofoti laureatlari;
Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, “Milliy raqs ijrochilari” va “Yosh maqom ijrochilari” tanlovining bir nafardan g‘oliblari;
“Tarbiyachi”, “Hamshira” tanlovi g‘oliblari;
Yoshlar ittifoqi faollari tavsiyanoma asosida hududiy OTMlarning pedagogika yo‘nalishlariga grantga kiradiganlar;
xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
prezident maktabi bitiruvchilari.

Imtihonsiz, kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadiganlar:


Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari kimyo, biologiya, fizika va AKT sohalariga qabul qilinadi;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari bitiruvchilari.

Faqat bir fan imtihonidan ozod etib, ball beruvchi imtiyozlar:

respublika fan olimpiadalarining 1-3-o‘rin g‘oliblari o‘z fani bo‘yicha maksimal ball oladi;
chet tili sertifikati borlar uchun shu fandan maksimal ball beriladi;
tasviriy, amaliy san’at va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari mutaxassislik fanidan maksimal ball oladi;
“Bolalar sport o‘yinlari”ning g‘oliblariga belgilangan fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatga ega abituriyentlarga sertifikatdagi balliga mos proporsional ball beriladi.

To‘plangan ballga qo‘shimcha ball beradigan imtiyozlar:

Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga harbiy yo‘nalishlar uchun o‘zlari to‘plagan ballga 30 foiz, boshqa OTMlarga topshirganda 15 foiz miqdorda qo‘shimcha ball beriladi.

Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda qatnashish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlarida kamida 3 yildan beri yashab kelayotgan abituriyentlar Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi OTMlarga hududda 4 yil ishlab berish sharti bilan grant asosida olinadi;
Uzun tumani Bobotog‘ hududidagi yoshlar uchun Surxondaryo OTMlarining pedagogika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi OTMlarga qo‘shimcha grant asosida kvota ajratiladi;
Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining farzandlari qo‘shimcha 5 foiz, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari esa qo‘shimcha 2 foizli kvota asosida tanlovda ishtirok etadi;
ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun alohida 3 foizlik kvota ajratiladi, ularga bu kvota doirasida tanlovda qatnashish uchun 3 yilga amal qiluvchi sertifikat beriladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 foizlik kvota ajratiladi;
mehribonlik uylari bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlarga va bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilariga 1 foizlik kvota ajratiladi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun 4 foizlik kvota ajratiladi;
o‘rmonchilar va ularning farzandlariga OTMlarning tegishli yo‘nalishlari uchun qo‘shimcha 20 foizlik kvota ajratiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tavsiyanoma asosida "Ijtimoiy ish" yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida qabul qilinadi;
harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar o‘zlari tanlagan birinchi yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishadi.

https://kun.uz/uz/04585895

http://t.me/Onatili_Islom
295 views06:32
Ochish/sharhlash
2022-05-09 13:53:45
Хотира - абадий, қадр - муқаддас

Память - вечна, почитание - священно

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

http://t.me/Onatili_Islom
366 viewsedited  10:53
Ochish/sharhlash
2022-05-03 15:00:37
Berilgan so‘zlardan nechtasi modal so‘z hisoblanadi? xayriyat, xolos, xullas, avval, birdan, afsuski, haqiqatan, barakalla
Anonymous Quiz
29%
to‘rttasi
32%
oltitasi
33%
beshtasi
6%
uchtasi
87 voters449 views12:00
Ochish/sharhlash
2022-05-03 14:59:09
Shaxs oti qaysi qatordagi gapda kesim vazifasida kelgan?
Anonymous Quiz
4%
Ko‘lga yetib borganimizda, ular ketib bo‘lishgan edi.
9%
U bir paytlari qassobchilik bilan shug‘ullangandi.
35%
«Biz asli Xurosondanmiz», - dedi Abulqosim.
52%
Husayn Boyqaro hazratlari ham shoh, ham shoir emish.
79 voters397 views11:59
Ochish/sharhlash
2022-05-03 14:57:40
O‘ngra qitaynyig‘ o‘lutarchi terman,
Bani o‘g‘uzug‘ o‘lutarchi – o‘q terman .
“To‘nyuquq” bitigidan olingan ushbu parchada qaysi badiiy tasviriy vositadan foydalanilgan?
Anonymous Quiz
20%
so`z takrori
15%
epitet
47%
alliteratsiya
19%
majoz
75 voters359 views11:57
Ochish/sharhlash