Get Mystery Box with random crypto!

Soddagina Sevgilim 19-Qism Guli maktubn | 🌸 ONALARGA EHTIROM 🌸

Soddagina Sevgilim

19-Qism

Guli maktubni Shaxbozga berdi. Shaxboznjng yuragi negadir bexalovat bo'lyapgan edi. Guli unga "Nigora sizga shuni berishni iltimos qilgan edi. Uni kechiring" deb maktubni berdi. Shaxboz uyiga borib maktubni qo'llari qaltiragan holda ochdi. Maktubda shunday yozilgan edi...:

"Shaxboz aka bilasizmi avval siz bilan o'tgan kunlarim mening bu dunyodagi eng baxtli kunlarim edi. Men adashdim soddalik qildim. Kechirib bo'lmas gunohga yani xiyonatga qo'l urdim. Lekin ishoning men Davronga qo'limni ham ushlatmaganman u ham menga unday yomon ko'zlar bilan aslo qaramagan. Kechirmaslikka haqqingiz bor. Mendek yomon qizni kechirmaslik kerak xatoyimni tushunaman. Agar yodingizda bo'lsa men sizga sizsiz yashay olmasligimni aytdim. Bu gapim haqiqat edi. Ayni damda Siz bu xatni o'qiyapganingizda men allaqachon bu dunyoni tark etib narigi dunyoga ketgan bo'laman. Sizni esa ikki dunyoda ham sevaman. Siz men uchun eng yahshi yigitsiz. Eng yahshi odamsiz. Hamma xislatlaringiz idela darajada. Bundan buyog'iga sizni baxtli bo'lishingizni hohlayman. Sevgan qizingizni albatta baxtli qiling. Sizdek yigitga tegadigan harqanday qiz baxtli bo'ladi. Men esa baxtingizni osmonlardan ko'rib turaman . Baxtli bo'ling mening sevgim. Men sizdan umuman hafa emasman chunki haqqingiz bor edi. Lekin shuni unutmangki keyingi xayotingizda albatta meniki bo'lasiz. Sizni hechkimga bermayman o'shanda. Alvido Shaxboz aka. Agar ko'rishish nasib qilsa Nargi dunyolarda ko'rishguncha...!"
Shaxboz bu maktubni o'qir ekan oxirigi so'zlarga kelganida uning ko'zidan yosh to'xtamas edi.

U "Nahotki mening bag'rim shunchalik toshga aylangan bo'lsa " deb yig'lar edi. Meni kechir Nigoram meni kechir deb yig'lar edi. O'sha zahotiyoq Shaxboz o'rnidan turib Nigoraning uyi tarafga yo'l oldi. Nigoraning uyida 3 4 kishi tozalov ishlarini qilyapgan edi. Shaxboz ulardan Nigorani so'radi. Ular esa Shaxbozga "Nigora o'zini osib qo'yibdi. Bandachilik " deyishdi. Shaxboz "yoooooo'q unday bolmagan unday bo'lmagan. Qani Nigora uni menga ko'rsatinglar ko'rsating" deb yig'lar edi. Nega kechirmadim uni deb boshini qattiq siqganicha afsuzlanar edi. Nigora hozir do'ktor xonada o'lishi deyarli 90% aniq ekanligini eshitgach Shaxboz do'ktorxona tarafga shoshdi. U yerda Nigoraning Ota onasi yig'lab o'tirar edi. Nigora o'zini osib xushini yo'qotgan vaqtida uning otasi kelib qolgan edi va uni doktorga olib borgan edi. Ammo u paytgacha Nigora deyarli o'lib bo'lgan edi. Nigoraning Ota onasi yig'lab o'tirishar ekan shu payt Shaxboz yetib kelganida doktor chiqib keldi va ularga qarab "qizingiz o'lyapti. Bandachilik endi" dedi. Shu payt Shaxboz yo'ooooq deb baqirib Nigora yotgan xonaga yugurib kirdi. Nigora bexush yotar edi. Shaxboz Nigorani bag'riga bosganicha "ko'zingni och Nigora ko'zingni och" deb baqirib yig'lar edi. Doktorlar foydasi yo'qligini aytsada Shaxboz davom etar edi. Ko'zingni och iltimos...

Davomi bor...


═════❁❀‌❀❀‌❀❁════════
KANALIMIZGA QO'SHILING
@ONAJONLAR_UCHUN_KANAL