Get Mystery Box with random crypto!

Paronim qo‘shimchalar Tilimizda talaffuzdosh (paronim) qo‘ | Ona tili va Adabiyot Testlari

Paronim qo‘shimchalar

Tilimizda talaffuzdosh (paronim) qo‘shimchalar ham borki, ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlatish kerak. Bu yozma savodxonlikning hujjatidir. Ayrimlarida esa talaffuzga ham alohida e’tibor qaratmoq joiz. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.

-li//-lik
Eng ko‘p almashib qo‘llaniluvchi paronim qo‘shimchalar. Bunda -li o‘rnida -lik ko’proq ishlatiladi: aqllik bola, yog‘lik qo‘l... Aslida esa aqlli bola, yog’li qo’l bo’ladi.
Nega aqllik yoki yog’lik emas? -li asosda ifodalangan narsaga egalik ma’nosini anglatadi. Aqlli – aqlga ega; yog’li – yog’ga ega, yog’ bor.

-chan/-chang
Bu juftlik kam uchraydi. Ammo ma’no farqini bilmoq foydalidir.
Ishchan odam, ko’ngilchan qiz; mahsichang chiqdi, ko’ylakchang yuribdi.

-man/-mand
Bu juftlikni ham farqlay olish shart. Orzumand odam, kasalmand odam. Orzuman, kasalman deb yozish mumkin emas.

-kaz/-qaz
Birgina o’tkaz-o’tqaz formasida kuzatiladi. Bayramni o’tkazdik. Ko’chatlarni o’tqazdik. O’tkaz – gorizontal harakat, o’tqaz – vertikal harakat.

-lik/-liq
Otalik – otaning bolalar oldidagi vazifasi.
Otaliq – homiylik.
Bo’shlik – bo’sh bo’lish: xamir non uchun hali bo’shlik qiladi.
Bo’shliq – vakuumli joy

-guncha/-gancha
-guncha – paytni anglatish uchun, -gancha holatni anglatish uchun ishlatiladi: dars tugaguncha (tugaydigan paytgacha); baqirgancha (baqirgan holatda)

-ing/-in
-ing o’rnida -in ishlatish hozirda juda ommalashgan. Boring emas borin, ayting emas aytin holida. Ikkinchisi jiddiy xato.

-lar/-la
-lar o’rnida -la ishlatish ham "bolalab" ketgan. Bolalar o’rnida bolala yozish mumkin emas. “bolala”ning mazmuni “bola qil” demakdir.