Get Mystery Box with random crypto!

#abituriyent_yon_daftariga #tõğri_yozaylik #imlo Har kuni 30- | ONA TILI va ADABIYOT| Husan Maqsudov bilan

#abituriyent_yon_daftariga
#tõğri_yozaylik
#imlo

Har kuni 30-40 tagacha abituriyent bilan turli masalalar sababidan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Ulardan kelgan xabarlarni o‘qib, bir jahlim chiqadi, bir rahmim keladi (muharrir-jurnalist bo‘lganim uchunmi, imloviy xato so‘zni ko‘rsam, asabiylashaman [kasb kasalligi bo‘lsa kerak ]; rahmim kelishi esa, ona tili fanini o‘qib ham abituriyent hali imlosini tuzatolmagan )...

Hurmatli bo‘lajak talaba uka-singillar! To‘g‘ri, qanday yozish ixtiyorlaringizdagi narsa. Lekin har kun xato yozaversangiz, o‘rganib qolasiz, o‘sha xato so‘z ko‘zingizga muhrlanib, xotirangizga singib qoladi. Keyin kirish testlarida o‘sha siz xato ishlatadigan so‘zlardan biri uchrab qolsa, ko‘z va xotirangizga o‘rnashib, o‘zingiz to‘g‘ri deb o‘rganib qolgan (aslida, noto‘g‘ri) so‘zni to‘g‘ri javob deb belgilab qo‘yishingiz mumkin. Bundan esa juda ehtiyot bo‘ling. Ayniqsa, imlo bilan bog‘liq savollar ko‘proq tushishi ehtimoli katta bo‘lgan bu yilgi imtihon oldidan.

Quyida menga deyarli har kuni keladigan xabarlardagi imloviy xato so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq ishlatiladigan asli bilan e'tiboringizga havola qilyapman. Ushbu lug‘atdagi qaysi so‘zni xato ishlatayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri yoziladiganini bilib olib, bundan keyin xatosiz yozishga odatlaning! Onamizni hurmat qilib, aytganiga kiramiz, Til ham onamiz-ku!..

Izoh: Quyida birinchi xato so‘zlar, keyin ularning to‘g‘ri variantni berildi.

assalom-u ale(y)kumassalomu alaykum (undov so‘z)
axaaha (undov so‘z)
xaha (tasdiq so‘z)
hop, hup, ho‘p, xop, xupxo‘p (tasdiq so‘z)
raxmatrahmat (undov so‘z)
hudoXudo (doim bosh harfda yozing)
Allox, Ollox Alloh, Olloh (doim bosh harfda yozing)
hohlasa, hoxlasa, xoxlasaxohlasa (fe'l)
hop (xop, hup, xup) boladi (buladi)xo‘p bo‘ladi (undov so‘z)
uzuruzr (ot)
yahshi, yahwi, yaxwiyaxshi (sifat; undov so‘z)
kup, kopko‘p (ravish)
tugri, tug‘rito‘g‘ri (sifat; modal)
homxom (sifat)
hijolatxijolat (sifat)
aqilliaqlli (sifat)
ona-tili va adabiyot(i) — ona tili va adabiyot (ot)
taxlil — tahlil (ot)
umur — umr (ot)
xam — ham (yuklama)
xamma — hamma (olmosh)
hayr — xayr (undov so‘z)
hayrli (hayirli) — xayrli (sifat)
xozir — hozir (ravish; sifat)
boldi — bo‘ldi (fe'l)
hato — xato (ot)
tushinarli — tushunarli (sifat)
ruhsat — ruxsat (ot)
maslaxat — maslahat (ot)
tahmin — taxmin (ot)
chunaman — tushunaman (fe'l)
axmoq — ahmoq (sifat)
gurux — guruh (ot)
xayot — hayot (ot)
hayol — xayol (ot)
hulqxulq (ot)
halqxalq (ot)
hush kelibsiz xush kelibsiz (undov so‘z)
muhlismuxlis (ot)
yuq, yoqyo‘q (modal so‘z; inkor so‘z)
repititorrepetitor (ot)
to‘g‘irlamoqto‘g‘rilamoq (fe'l)
bahtbaxt (ot)
iloxim, illoxim ilohim (undov so‘z)
hursand, hursanxursand (sifat)
zor, zurzo‘r (sifat)
oqimiz, uqi(y)mizo‘qiymiz (fe'l)
osha, owao‘sha (olmosh)
fikirfikr (ot)
xarakatharakat (ot)
holxol (ot)
holosxolos (yuklama)
jovobjavob (ot)
baxona, boxonabahona (ot)
uhlamoquxlamoq (fe'l)
xaqiqat(an)haqiqat(an) (modal so‘z)
maxalla — mahalla (ot)
sog buling (boling) — sog‘ bo‘ling (fe'l)

Tuzuvchi-lug‘atshunos :
Husan Maqsudov


P/S: qayta e'lon qilinmoqda

Kanal manzili:
@ona_tili_onlayn