Get Mystery Box with random crypto!

Onamga umr ber.... Mayli yog'sin yomg'ir,tomchida ko'z yosh, | Ona xaqida sherlar ✔

Onamga umr ber....

Mayli yog'sin yomg'ir,tomchida ko'z yosh,
Tabiat husniga,zeb berib zar qosh.
Ro'shnolik kelguncha,qildi u bardosh,
Onamga umr ber,yursinlar yo'ldosh.

Ro'moli rangida,gullar olchalar,
Umrida uchradi,necha zog'chalar.
Yo'lidan adashsin,ma'sum dog'chalar,
Onamga umr ber,shodon yursinlar.

Oppoq qor sochidan,tola tushmasin,
Sog'inchi qalbidan,mehri o'chmasin,
Armonlar dilida,hijron bermasin,
Onamga umr ber,baxtiyor o'nsin.

Tul bo'lsa ham, yashab,bitsin orzular,
Bo'g'zida qotmasin,sho'x shodon damlar,
Tog'dek qadri bo'lsin,iymon hikmatlar,
Onamga umr ber,unutsin g'amlar

Bahordek gul ochsin,qorachig'lari,
Gard ko'rmasin kiprik,tig'li nurlari.
Xazondek so'lmasin,yaproq shoxlari,
Onamga umr ber,nur to'lsin ko'zlar.

SHirina Ziyo

@Ona_haqida_sherlar
Ota onasiga mexribonlar kanali

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang.