Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit! Doʻstlar, IT P | Android | OMUC

Kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit!

Doʻstlar, IT Parkʼning “One Million Uzbek Coders” kurslarining bitiruvchilari endi kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit olishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

Buning uchun nima qilish kerak?
“One Million Uzbek Coders” platformasidagi kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lish;
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling va onlayn tarzda talabnomangizni topshiring: https://my.gov.uz/ru/service/523;
Yoshlar masalalari Agentligidan tasdiqlashni kuting;
Quyidagi banklarga murojaat qiling: Aloqabank, Mikrokreditbank va Xalq bank.

Kredit 2 yil muddatga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi. Asosiy qarz qarz oluvchi tomonidan toʻlanadi.

Batafsil maʼlumotni bizning veb-saytimizda bilib oling: https://bit.ly/3Igoi29