Get Mystery Box with random crypto!

Onajonim sog‘indim! Xolim yo‘q negadir yashagim kelmas Ko‘z | Omonatim_Onajon✅

Onajonim sog‘indim!
Xolim yo‘q negadir yashagim kelmas
Ko‘z yoshlarim yuzimni hamon yuvyapti
Siz kabi hech kimsa mehrini bermas
Onajon o‘rningiz yomon bilinyapti

Tunlari ko‘zimga uyqu ham kelmas
Unsiz yig‘laganim hech kimsa bilmas
Osmonlarga meni tashlab uchtingizku
Ko‘z yosh to‘ksam yig‘lamagin derdingizku

Oq kafanga o‘rab sizni kuzatgandim men
Muzlagan qo‘llaringiz bir zum tutgandim men
Uzoq ketsam yo‘llarimni kutar edingiz
Endi o‘ziz qaytmas bo‘lib ketib qoldingiz

Onajonim menga abadiy armon
Duolari bo‘lardi dardimga darmon
Yosh qizingiz orzulari osmon edi
Sizsiz bu orzular armon endi

Unutgandim o‘zligimni o‘zimni
Zor yig‘lab aytar edim har bir so‘zimni
Onajon faqat bitta so‘zim bor
Farishtam tushlarimga kiring bir bor

Keng dunyoga shuncha odam sig‘yaptiku
Shu dunyoga bitta onam sigmabdiku
Onajonim sog‘inyapman bilyapsizmi
Osmonlardan meni ko‘rib turyabsizmi

Jannat hidi kelgan farishtam onam
Yagona boyligim quvonchim onam
Mehringiz , hidingiz sog‘indim onam
MEN SIZNI JUDAHAM SOG‘INDIM ONAM.

Bu sher Nargiza degan singlimizdan kelgan iltimosi qilgani ucun kanalimizga tashadim iloxim onasini joylari jannatda bòlsin