2023-04-21 05:13:29
" XAYIT MUBORAK ! "
Assalom aleykum axli musulmon.
Sizni tark etmasin insof-u iymon.
Dilizga qo'nmasin shubxa-yu gumon.
Xayit Ayyomingiz Muborak bo'lsin..!
Tilimiz doimo zikrda bo'lsin.
Ongimiz illo pok fikrda bo'lsin.
Ruhimiz Olloxga shukurda bo'lsin.
Mo'minlar Ayyomi Muborak bo'lsin..!
O'rgating kimgadir Namozning sirin.
Zero g'iybat qilmas shunda bir-birin.
Islomda shundayin Iqbol yashirin.
Qutlug' Ayyomingiz Muborak bo'lsin..!
Ulashing barchaga birdayin mexr.
Ko'nglingiz qarida ko'rinar sexr.
Komil insonlikdan tuyular faxr.
G'animat bu onlar Muborak bo'lsin..!
Azizim baxtingiz qo'lingizdadir.
Rizq-u nasibangiz yo'lingizdadir.
Qay yo'lni tanlashlik o'zingizdadir.
Islomiy inoyat Muborak bo'lsin..!
Ko'nglini oling bor yaqin kishingiz.
Ko'paysin aqalli yaxshi ishingiz.
Chetga suring bugun bor yumushingiz.
Azizlar Barchaga XAYIT MUBORAK..!
A'zam Ziyo
@Olmaliq_matbuoti
3.8K views02:13