Get Mystery Box with random crypto!

OKMK kurashchilari tengsiz Joriy yilning 25-27 aprel kunlari | Olmaliq matbuoti

OKMK kurashchilari tengsiz

Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Qirg‘iz va O‘zbekiston Respublikasida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida spatrakiada musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qirg'iz Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va Yoshlar siyosati vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan spartikiada 216 nafar qirg‘iz va o‘zbek talabalarni bir manzilga jamladi.

3 kun davom etgan talabalar spartakiadasida sportning 8 ta turi ya’ni, og‘ir atletika, stol tennisi, voleybol, belbog‘li kurash, stritbol, futbol, badminton va shaxmat kabi yo‘nalishida ikki davlat talabalari kuch sinashishdi.

@Olmaliq_matbuoti