Get Mystery Box with random crypto!

BARIBIR DADAMNING MEHRI BOʻLAK-DA Yigʻlagim kelyapti shu kunl | Olmaliq matbuoti

BARIBIR DADAMNING MEHRI BOʻLAK-DA

Yigʻlagim kelyapti shu kunlarda koʻp,
Har narsa koʻnglimni buzayapti tez.
Onamni sogʻinib ketaman juda,
Tashvishlar yelkamga ogʻir kelgan kez.

Yaxshimisan dedi, kecha dadamlar,
Boʻgʻzimga tiqilib qoldi soʻzlarim,
Koʻzim olib qochib boshqa tomonga,
Yaxshiligim haqda kulib soʻzladim.

Nimalardir alam qilib turganda,
Qoʻngʻiroq qilishsa koʻtarolmayman.
Sogʻinib ketaman shunday vaqt, lekin
Onamning yoniga aslo bormayman.

Boraman, ishlarim oʻng boʻlganida,
Sogʻligʻim joyida boʻlsa boraman.
Aksincha vaqtlarda borib onamning
Dilin ezib qoʻysam, qanday bolaman?!

Doʻst yor oʻz yoʻliga, baʼzan baridan
Uzoqlab qolaman umr - yoʻlakda.
Uzatib charchamas, koʻnglin qaʼridan
Baribir dadamning mehri boʻlak-da...

@Olmaliq_matbuoti