Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqilligimizning_31_yilligiga Joriy yilning 24 август ку | AGMK - OKMK | Расмий канал

#Mustaqilligimizning_31_yilligiga

Joriy yilning 24 август куни Mis eritish zavodi Kasaba uyushmasi qo'mitasi hamda Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan zavod ishchi-hodimlari o'rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual oyini tashkil etildi.

Unda sex va bolinmalardan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizgʻin kechgan bilimdonlar bahsida faxrli 3-orinni Misni elektrolizlash sexi hamda Kuparos sexi jamoalari egallashdi.
Faxrli 2-oringa Ta`mirlash mexanika sexi qoʼlga kiritdi.
1-orinni mutloq ustunlik bilan Metallurgiya sexi qoʻlga kiritdi.

Shundan soʼng jamoalardan "Eng yaxshi bilimdon" ishtirokchisi aniqlab olindi.

Umumiy natijalarga koʼra, "Eng yaxshi bilimdon" nominatsiyasiga Metallurgiya sexidan Ibrohim Mirzakimov hamda Kuparos sexi vakili Baxtiyor Abdukadirov loyiq topildi.

Gʼoliblar Kasaba uyushmasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

N. Abdurahimov,

@Okmkhayoti