Get Mystery Box with random crypto!

#IJOD_ZAVQI #NAZM BADIIYLIK INTIHOSI Bir qo‘shiq yodlasam, | Ogahiy nomidagi ijod maktabi

#IJOD_ZAVQI
#NAZM

BADIIYLIK INTIHOSI


Bir qo‘shiq yodlasam, kuylatadigan,
Ezgin ko‘ngillarga qilsam xirgoyi.
Sovisa ko'ngilning mungli ovozi,
Jim qolsa suvlarning tushovsiz loyi.

Birda aktyor bo‘lsam, kuldiradigan,
Ko‘rganlar kulgidan to‘xtay olmasin.
Baxtiyor orzular kaliti bo‘lib,
Meni ko‘rganlarda qayg‘u qolmasin.

Bir doston o‘qisam, ochilib dillar,
Ruhiyatlar oziq olsa to‘yinib.
Dunyoda "ochlik"da hech kim qolmasa,
Insonlar yursalar g‘amsiz, suyunib.

Bunday badiiyatning qudratini gar,
Ko‘tara olmasam, kechir, volidam!
Qizing-ku eng buyuk san'atkor bo‘ldi,
U butkul ajraldi halovatidan.

: Mohichehra Qadamova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi




O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda:
:
https://t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi