Get Mystery Box with random crypto!

​​Endi loyiha futbolkalariga Asaxiy.uz onlayn do’koni orqali h | Og'abek Yusuf || Blog

​​Endi loyiha futbolkalariga Asaxiy.uz onlayn do’koni orqali ham buyurtma bera olasiz!

“Osmondagi bolalar” loyiha belgisi tushirilgan futbolkalarni endilikda, Asaxiy.uz onlayn tarmoq do’konlaridan ham xarid qilishingiz mumkin. Qolaversa, do’konning o’z rasmiy sayti orqali futbolkalar haqidagi to’liq ma’lumot, foydalanish davridagi qayd etilgan tavsiyalar siz uchun foydali bo’lishiga ishonamiz.

Shu bilan bir qatorda, Asaxiy.uz tomonidan buyurtmalarni yetkazib berish xizmati ham yo’lga qo’yilgan. Demak, Respublikaning qaysi hududida bo’lishingizdan qat’iy nazar, futbolkalarni poytaxtga kelmasdan turib ham sotib olishingiz mumkin. Ta’kidlash joiz, dastavval loyiha futbolkalari Toshkent shahridagi barcha VIP Brand do’konlarida sotuvga chiqishni boshlagan edi.

Eslatib o'tamiz, futbolka sotuvidan tushgan daromad oqqon (leykoz) kasalligi bilan kurashayotgan bemor bolalarning dori-darmonlari va shifo topishlari uchun sarflanadi. Sizning yordamingiz bilan ularning yashashga bo'lgan ishonchlari yanada kuchayishi mumkin.

Loyiha belgisi tushirilgan futbolkalar haqida nima deya olasiz? Siz ham xarid qilganmisiz?

Futbolkalar haqida ushbu havola orqali ma'lumotga ega bo'lib, xaridni amalga oshirishingiz mumkin: https://asaxiy.uz/product?key=osmondagi+bolalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
YouTube | Instagram | Telegram | Facebook | TikTok