Get Mystery Box with random crypto!

Savol berishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring, javobini bilis | Og'abek Yusuf || Blog

Savol berishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring, javobini bilish siz uchun qanchalik muhim?

Savolni ahamiyati haqida o'ylang. Dolzarb, foydali yoki aksincha keraksiz va befoyda bo'lishi haqida.

Savol berishda javob beruvchini vaqtini qadrlang, javobini o'zingiz biladigan, keraksiz savollar bilan boshqani vaqtini olish, o'zgani haqqiga xiyonat bo'ladi.

Savol berdingizmi (ayniqsa oflayn holatda) javobni diqqat bilan eshiting, parallel ravishda kimdir bilan gaplashmang, yuzingizni tirishtirmang, ko'zingizni boshqa joyga olib qochmang. Aks holda javob berayotgan odamni asabini buzishingiz va unga nisbatan qattiq hurmatsizlik qilgan bo'lasiz.

Oddiy savollarni avvalo o'zingiz qidirishga harakat qiling. Hozirgi kunda Google yoki Yandex qidiruv tizimidan ko'pchilik foydalanishni bilmaydi, ma'lumot olish bo'yicha Google'jon aka juda yaxshi maslahatchi, bir gaplashib ko'ring.

Savol yoki maslahat so'rasangiz kasbingizga doir narsalardan so'rang. Ish tajribasi, ko'nikmalariga qiziqing. Undan ortiq narsani so'ramang. Masalan, oilada nechi kishisiz, farzandingiz bormi, to'yingiz qayerda bo'lgan va hokazo shaxsiy va keraksiz savollar bilan qarshingizdagi odamni shunchaki ensasini qotirasiz. Bunaqa ishlarni tergovchilarga qoldirgan ma'qul.

Chiroyli savol berish ilmni yarmi hisoblanadi, shuni unutmang

Portfolio | Dizayn blog | Instagram | Contact