Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zi ojiz Abdulloh 11-noyabr juma kuni shom namoziga Shayx M | Odilbek Muhammadjonov | Blog

Ko'zi ojiz Abdulloh
11-noyabr juma kuni shom namoziga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning masjidagi bordim. Masjidga kiraverishda bitta taxsist aka bir bolani masjidga olib kirayotgan ekan. Shoshib turganidan menga siz kiritib qo'ying deb topshirdi. Ichkariga kirib biroz suhbatlashdik. Uning ismi Abdulloh, 2006-yil ekan. Namoz vaqtiga biroz muddat qolgan edi. Tahoratxonaga olib borishimni so'radi. Uning yuz qo'llarini yuvib o'tirganini ko'rib to'g'risi biroz uyaldim. Tani joni sog' insonlar namoz o'qishga vaqtim yo'q, sharoitim yo'q kabi gaplarini esladim. Ko'zi ojiz bo'lsa ham Quroni karimdan bir necha suralarni yod olgan ekan. Namoz o'qib bo'lib uyiga taxiga o'tqazib jo'natdim.
Bu voqealarni yozishimdan maqsad taffakur qiling. Namoz o'qishlik uchun topayotgan bahonalaringiz namoz o'qimaslik uchun arzigulik bahonami ?

safimizga qo'shiling
@odilbek_muhammadjonov