Get Mystery Box with random crypto!

SimplePage

Telegram kanalining logotibi oddiy_page — SimplePage S
Telegram kanalining logotibi oddiy_page — SimplePage
Kanal manzili: @oddiy_page
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

Oddiylikda halovat bor.
Tafsifga hech qanday fikr kemayapti.
Keyinroq nimadir yozaman.
Eslatma uchun kanalga kitobxoʻrlar va kitobxoʻr boʻlmaganlarni lutfan taklif qilaman.

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-10-05 21:20:24 Shu oʻtgan 2 oy oʻzimga hech yoqmadi negadir. Buni sabablari koʻp. Aytaylik hech qanday mutolaa boʻlmadi (boʻldiyu lekin juda oz u kitobdan bu kitobdan) ilm yoʻlida mashaqqatlardan chetlashdim.
Uyimdagi ishlarim koʻpayib hech narsaga ulgurmagandek boʻldim, mutolaadan oladigan foydalarim kamayib zararlarim koʻpaydi, juda yomon odatlarga oʻrganib qoldim.
Yana hokazolar...

Hullas kalom astalik bilan ustalik bilan oʻzim uchun har tamonlama rivojlanish poygasiga start berdim.

Hozirgi holatim hozirgi fikrlarim bilan 1 yarim oydan keyingi holatimni solishtirib koʻrmoqchiman.
Hohlasangiz birga boshlaymiz
(Majburlash yoʻq)

Bu borada bitta sevimli blogimda challenge boʻlyapti shunga ham azo boʻldim.

@oddiy_page
6 viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash
2022-10-05 16:27:20 Rivojlanish vaqti, oʻzi oʻzingni anglash, yangi oʻzingni kashf qilish va oʻzing hohlagan ''men" ga aylanish vaqti keldi.

Ruhiy holatingni undagi kamchilik va nuqsonlarni tuzatish,
ruhiy erkinlikka erishish,
qalban sokinlikka erishish vaqti keldi.

@oddiy_page
(Post davomini va maqsadimni kechroq aytaman)
7 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-10-02 16:44:36
Sotib olmoqchi boʻlgan kitoblarini roʻyhatini tuzib, uyinda turgan oʻqilmagan kitoblarini, oʻqib yarmiga ham yetmagan kitoblarini ensasini qotirma .
Katta holang oʻqib bermidi.
Oʻqi.
@oddiy_page
15 viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2022-10-01 20:30:27 Yengilmaymiz. Aldanmaymiz

Shaytonning kuchini qanchaligini hali hamon bilmadimi? U kuchli. U hiylakor. Shunday kuchliki unga oʻzing bilmagan holda aldanasan, notoʻgʻri ishni ham toʻgʻri qilib koʻrsatadi. Eng avval nafsing bilan aldaydi. Senga yoqdigan va yoqmaydigan narsalarni bilib oladida seni vasvasa qilishni boshlaydi. Shayton bizni tugʻilgan paytimizdan to oʻlgunimizgacha vasvasa qilishdan toʻxtamaydi. U bizga nima koʻproq yoqadi, nimadan yengillik topamiz, qanday paytimizda gʻazabimiz keladi, qanday holatda qalbimiz orom topishini qaysi gunohga muhabbatimiz borligini biladi. U bizni kuzatgan, u biz kuzatgan insonlarni ham kuzatgan.
Aytmoqchimanki: Ey soliha dushmanimiz boʻlgan shaytonga aldanma. Ijtimoiy tarmoqni qoralab unga kirma demayman seni yomonlash niyatim ham yoʻq faqatgina iltimosim u yerga rasmingi qoʻyma, yarmisini ham soyangni ham qoʻyma. Gaplarimga hafa boʻlma beparvolik ham qilma. Sen ijtimoiy tarmoqqa rasmingni qoʻyishing bu shayton seni aldaganidir. Bu qanday boʻladi aytaymi ijtimoiy tarmoqda bitta oʻzinga oʻxshagan qizning tushgan chiroyli rasmini koʻrding va bu narsa esingdan chiqib qanchadir vaqt oʻtib yoki oʻsha zahoti pardoz stoling oldiga borib qolding avval shunchaki oʻzing uchun pardoz qilib koʻrasan oynaga qaraysan chiroyli boʻlgan boʻlsa rasmga tushib koʻrasan rasmlaring yaxshi chiqdi va shu daqiqadan shayton vasvasa qilishga tushadi balki oldinroq boshlagandir ham. Senga bir paytlar ijtimoiy tarmoqda koʻrgan rasmingni eslatib seni ham qoʻyishga undaydi va sen rasmingni shunchaki qoʻyasan.
Shayton endi oʻz ishini yigitlarda davom ettiradi. Seni rasmingni bir nomahram hoh tasodifan hoh tasodifsiz shayton unga qanday vasvasa qilishini oʻzing oʻylab koʻraver.  Senda goʻzallik mavjud hoh roʻmolda boʻl hoh roʻmolsiz chunki hijobni ham goʻzallik deb biluvchi rijollar bor va shu goʻzallik sabab gunohga qoʻl urib qoʻyishi mumkin...
Bu hiyla. Bu aldov. Shaytonning bu kabi biz kashf qilib ulgurmagan yana qancha hiylalari bor.

@oddiy_page
postni olishingizga qarshimasman lekin linkni oʻchirib tashlamang
14 views17:30
Ochish/sharhlash
2022-09-29 14:32:25 Farosat ham boylik.
Kimdir boy
Kimdir kambagʻal
Kimdir esa juda qashshoq

(Chopilgan post, lekin qayerda oʻqiganim esimda yoʻq )

Lekini bor.

Birovlarning nuqsonini qidirishimiz,
bizning birinchi nuqsonimiz.
@odddiy_page
17 views11:32
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:48:40
-Menga nimadir yetishmayapti.
-Menga oʻzim yetishmayabman.
-Menga Allohning kalomi oʻqilganida yigʻlaydigan sokin qalb yetishmayapti.
-Menga Allohning buyruqlarini bajaradigan chiroyli amal yetishmayapti.
-Menga hamma bilan yaxshi munosabatda boʻlish uchun husni-xulq yetishmayapti
-Menga mutolaa vaqtidagi sokinlik yetishmayapti
@oddiy_page
17 views10:48
Ochish/sharhlash
2022-09-28 20:22:01 Baʼzida qandaydir kuchlar oldimga keladi. Bularni jinni jinni kuchlar deb atayman. Ular oʻzim kutmagan paytimda hohlasam hohlamasam keladi. Shunaqa paytlarda rosa gʻayratli kuchli boʻlib ketgandek boʻlaman.U vaqtda oʻzimcha fikrlarim teranlashib maqsadlarni dadil va aniqlik bilan qoʻyaman. Yoki trenirovka qigim keb qoladi.
Koʻpincha bu jinni kuchlar kechasi 10 va 12 oraligʻida keladi kechasi boʻlishiga qaramasdan koʻchaga chiqib yugirgim keb qoladi. Bundan nolimayman. Ular just wonderful.
19 views17:22
Ochish/sharhlash