Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahridagi piyodalar o‘tish ko‘priklarida eskalatorla | Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi

Toshkent shahridagi piyodalar o‘tish ko‘priklarida eskalatorlar va liftlar ishlamasligi yuzasidan jurnalistik tekshiruvi o‘tkazilib, 12.05.2022 yilda “Mahalla” telekanali “Reportyor” ko‘rsatuvida tanqid ostiga olingan.
Jurnalistik tekshiruvida, liftdagi elektr yoritgichlar yo‘qligi va vaqti-vaqti bilan ishlamay turganligi ko‘rsatilgan. Buning sababi, yaqin atrofdagi aholi tomonidan liftdagi elektr yoritgichlar yechib olib ketilayotganligi hamda eskalatorlardagi ko‘zga yaqqol tushadigan avariya tugmasi yosh bolalar tomonidan sababsiz bosib ketilayotganidadir.
Yuqoridagilarni inobatga olib Shahar sun’iy inshootlaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan uskunalarga aholi tomonidan zarar yetkazilmasligini hamda, davlat mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik munosabatda bo‘lishlarini so‘raymiz.
Eskalatorlar ta’mirlanishiga qadar nokulayliklar uchun shahrimiz aholisidan uzur so‘raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | obb.uz