Get Mystery Box with random crypto!

Namangan muhandislik-texnologiya institutida xalqaro seminar o | NamMTI Rektori O.Mamatkarimov

Namangan muhandislik-texnologiya institutida xalqaro seminar o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi ishtirokchichlari tomonidan (CBHE - “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish”), “Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia” loyihasi bo‘yicha navbatdagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan seminar davomida Fransiya, Slovakiya va Gresiya davlatlaridagi yetakchi eksrertlar tomonidan talabalar va yosh o‘qituvchilar uchun tadbirkorlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rtoqlashildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati