Get Mystery Box with random crypto!

NamMTIda Xorijiy talabalarga o‘z diplomlari topshirilmoqda Xa | NamMTI Rektori O.Mamatkarimov

NamMTIda Xorijiy talabalarga o‘z diplomlari topshirilmoqda

Xabaringiz bor, Namangan muhandislik-texnologiya institutiga so‘ngi yillarda bir necha xorijiy davlatlardan talabalar kelib ta’lim olishmoqda. Ilm sirini o‘rganishni maqsad qilgan yoshlar orasida Afrika qit’asida joylashgan Zambiya davlatidan kelib magistratura bosqichiga ta’lim olgan Milimo Mundia ham bor.

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Zambiyalik Milimo Mundiaga Magistr akademik darajasini tasdiqlovchi diplomni tantanali ravishda topshirdi. Tantanali marosimida institut rektori Milimoni kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

O‘z navbatida Afrika qit’asi vakili Namangan muhandislik-texnologiya instituti unga juda yoqqani, bu dargohda ilm sirlarini yanada chuqurroq o‘rganish ikmoniyati yaratilgani uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati