Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida | Nurobod 24 | Расмий канал

Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat va tuman IIB mas'ullari ishtirokida tumandagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida “Obod va xavfsiz” mahalla tamoyili asosida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli oʻzaro manzilli hamkorligining samaradorligini oshirishga qaratilgan hamda ijtimoiy profilaktika choralariga asoslangan yangicha ishlashiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida mahallalarda aholi muammolariga yechim topish, mahallani jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish, yoshlar tarbiyasi va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, bir soʻz bilan aytganda “Mahalla beshligi” vakillari masʼuliyatini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Nurobodliklarga Qoʻshiling
@Nurobod_24