2023-06-19 09:53:51
Chopildi https://t.me/JoshDeveloper dan
Ofisni yo'lida "Mardikor bozor" oldidan o'tdim. Halol mehnat uchun chiqqan insonlar bilan to'la.
Ba'zilarimizni otalarimiz, ba'zilarimizni onalarimiz, balki akalarimiz...
Ushbu kanalda ko'pchilik kuzatuvchilar hali yoshlar bo'lgani sabab, ulardan bir savolni so'ragim keldi. Ba'zilariga tegishli. Balki ba'zi kattalarga ham tegishlidir.
Siz uchun o'lib tirilib, issiqni issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan ishlab, o'qitishyapti, yeb-ichirishyapti, kiyintirishyapti. Sizni esa vaqtingizni bekor o'tkazishga, bekorchi o'yinlar(
nomlarini o'zingiz bilasiz) o'ynab yurishingizga, ko'chada bekordan bekor sang'ib yurishingizga, sevdim-o'ldim qilib yurishga, qizlar bilan yurishingizga
vijdoningiz qanday chidayapti?
Shu edi savolim.
28 viewsUbaydullayev_n, edited 06:53