Get Mystery Box with random crypto!

Ular shifoxonaga yetib kelishdi. Shoshgancha ichkariga kirishs | Koʻzimning nuri

Ular shifoxonaga yetib kelishdi. Shoshgancha ichkariga kirishsa, shifokor afsuski ulgurmaganlarini, ular yetib kelguncha otasining joni uzilganini ularning dardiga sherikdek g‘amgin nigohlari ila boqib, og‘ir-og‘ir so‘zladi. Mahmudbeyning ayoli Safiya xonim yerga o‘tirib qoldi. Ovozi chiqmasdi, bir og‘iz so‘z demasdi-yu, ammo ko‘z yoshlari seldek quyilib kelardi. Umar aka va ukasi bilan Mahmudbey yotgan xonaga kirishdi. Ularning orasida Umar birinchi bo‘lib otasining qo‘llariga yopishdi. Negadir uning yoshligidan to hozirga qadar qo‘llaridan ushlagan va bu qo‘llar uning yelkasida turganda dunyoda undan kuchli inson yo‘qdek o‘zini his qilgan Umarning qo‘llarini hozir u baquvvat qo‘llar siqib turmasdi, uni ushlamayotgandi. Lablarini otasining peshonasiga asta bosdi. Lablari sovuqni his qildi. Endi u tushundi, ha, otasi rostdan ham vafot etgandi.

Davomi bor...