Get Mystery Box with random crypto!

Haydovchi salomatligini asrash uchun nimalarga e'tibor berishi | 𝐍𝐮𝐫𝐥𝐢 𝐓𝐨ʻ𝐥𝐪𝐢𝐧 𝐒𝐞𝐫𝐯𝐢𝐬 | 𝐑𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥 🇺🇿

Haydovchi salomatligini asrash uchun nimalarga e'tibor berishi kerak?

Qo'l rulda shunday joylashsinki, belning to'g'ri holati yo'qolmasin.
Bosh va yelkani oldinga egmang.
Mazmunli ish faoliyati uchun o'rindiqni qulay holatga sozlang.
Tana to'g'ri holatda bo'lsin: o'tirganda tik holatdagi bel — o'rindiqning suyanchig'iga yopishib turishi kerak.
O'rindiq suyanchig'ining eng yuqori qismi — boshning ensa qismiga to'g'ri kelishi kerak.

Haydovchilar yo'lda yurishganligi sababli dori vositalariga ham e'tibor berishi lozim:
Tarkibida uxlatuvchi moddalar bo'lgan dori vositalarini ichish tavsiya etilmaydi.
SHuningdek, allergiyasi mavjud haydovchilar ba'zi allergiyaga qarshi dori vositalari tarkibida ham uyqu chaqiruvchi moddalar bo'lganligi uchun aynan shunday moddalar bo'lmagan dorilarni ichishi lozim.
Ich yumshatuvchi va ichak mikroflorasiga ta'sir qiladigan (antibiotiklar) dorilarni ichishda ham ehtiyot bo'lish kerak.

Eslatma:
Imkon qadar tirsakqo'ygichdan foydalanmang va ochiq deraza oynasiga suyanmang.
Agar uzoq manzilga chiqqan bo'lsangiz, har 2-3 soatda qisqa tanaffuslar qiling.

Haydovchilarga ulashing!

Axborot sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok