Get Mystery Box with random crypto!

Qurbon Hayit yurtimizda nishonlanadigan, eng qutlug' bayramlar | 𝐍𝐮𝐫𝐥𝐢 𝐓𝐨ʻ𝐥𝐪𝐢𝐧 𝐒𝐞𝐫𝐯𝐢𝐬 | 𝐑𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥 🇺🇿

Qurbon Hayit yurtimizda nishonlanadigan, eng qutlug' bayramlardan biri

Ushbu kunda ko'nglimizni mehr-saxovatga keng ochib, xafagarchiliklarni unutib, yaqin-birodarlarimizdan xabar olishimiz, oila, mahalla va jamiyatga e'tibor ko'rsatishimiz, muhtojlarga beg'araz yordam berishimiz, hamda ajdodlarimizning xotirasini eslashimiz darkor.

Bolalar bilan bog'larda sayr qilish, ularga shodlik ulashish va turli sovg'a, o'yinchoqlar hadya qilish, shirinliklar pishirish hamda qo'shni-qo'shnilar bilan baham ko'rish ushbu bayramning ajralmas qismidir.

Ushbu muborak kunda "Nurli To'lqin Servis" MCHJ barchangizni Qurbon Hayit bayrami bilan qutlaydi!

Ishlaringizga omad, xonadoningizga tinchlik-totuvlik, ahillik, shod-u hurramlik va baxt tilaymiz. Orzu-havaslaringiz doimo amalga oshishlarini, ishlaringizga esa baraka doimo yor bo'lishini tilab qolamiz!

Qurbon Hayit muborak!

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Axborot sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok