Get Mystery Box with random crypto!

Microsoft Netflix’ni sotib olishi mumkin. Yirik video oʻyin | N-TECH.UZ

Microsoft Netflix’ni sotib olishi mumkin.

Yirik video oʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Activision Blizzard'ni sotib olayotgan Microsoft oʻzining koʻngilochar kontent bozorining kengayishi boʻyicha ulkan rejalarga ega. Microsoft yaqin kelajakda Netflix striming kompaniyasini sotib olishi mumkin.
Bunday prognozni Reuters tahlilchilari o‘z ma’lumot manbalariga tayangan holda qilmoqda. Bitim summasi, haqiqatan ham amalga oshsa, 190 milliard dollarga baholanmoqda.
Ikki kompaniya allaqachon yaqindan hamkorlik qilmoqda. Misol uchun, Netflix reklama qo‘llab-quvvatlanadigan obunaning yangi turi uchun Microsoft’ni o‘zining reklama hamkori sifatida tanladi. 
Netflix o‘zining obuna xizmatining bir qismi sifatida o‘yin kontentini taklif qilish maqsadida bir nechta video o‘yin ishlab chiqaruvchilarni sotib olgani ikkala gigant uchun ham bunday birlashish foydali bo‘ladi.