Get Mystery Box with random crypto!

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi 2022- | NSFLA Uzbekistan

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 16-17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis, fransuz va arab tillari bo‘yicha 10 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

@nsflauz