Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi 2022-yil | NSFLA | Rasmiy kanal

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi

2022-yil 23-24-25-26-iyul kunlari O‘zbekistonda ilk bor davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikma bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi va abituriyentlar o‘zlari tanlagan hududda imtihonlarda ishtirok etdi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib, uning:

1-bosqichi (yozma qismi) 23-24-25-iyul kunlari qog‘oz shaklda;
2-bosqichi esa 24-25-26-iyul kunlari elektron tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bunda abituriyentlar imtihonning 1-bosqichi (yozma qismi) o‘tkazilgan kunning ertasiga 2-bosqich (gapirish) imtihonlarida ishtirok etdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan imtihon topshirmaydi. Ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube