Get Mystery Box with random crypto!

“Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashi | NOZIMA XOLIKOVA

Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

Ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook