Get Mystery Box with random crypto!

Mashhur Qashqirlar makoni serialidagi Do'g'u Eshrafo'g'li obra | Mukhammadaziz posts

Mashhur Qashqirlar makoni serialidagi Do'g'u Eshrafo'g'li obrazi Po'lat Alemdarga bir hikoya aytib beradi. Unga ko'ra odamlar to'plangan joyga dor tikib, dor o'yini tashkil qilishadi. Dorboz dorga chiqqan paytida pastda bir kishi olomonga qarata: dorbozga qaranglar, dorbozga qaranglar, deydi. Hamma dorbozga qaragan paytida esa uning sheriklari hammaning cho'ntagini kesib ketadi. Eshrafo'g'li bu hikoyani aytarkan serial qahramoniga bo'layotgan voqealardan chalg'imasligini va dorbozga qarab cho'ntagini urdirib yubormaslikka chaqiradi. Men maktablardagi ta'tilni dastlab uzaytirilgani, so'ngra qisqartirilgani va bugundan yana uzaytirila boshlangani (ufff o'zim ham chalg'ib ketdim) sabablarini 2 kundan beri o'zimcha qidiraman (menga nimekin). Sabablar qidirish jarayonida yuqoridagi dorboz hikoyasi esimga tushdi. 3 kundan beri anomal sovuq. insonlar esa tarmoqlarda sovuq oqibatlari emas, balki maktab ta'tili bilan band. Dorga bu gal xalq ta'lim vazirligini chiqarib qo'yishdi va uddalashdi. Chunki men bu mantiqsizlikka boshqa sabab topa olmayapman va o'zimni shunga ishontirishga harakat qilyapman. Xullas, dorga qaramanglar))) Ma'sullarga tavsiyam esa anomal sovuq yana 3-4 kun davom etadi. Bizni xalq esa bir mavzuni uzog'i 3 kun chaynaydi. ta'til mavzusi ertadan eskiradi. Ertadan dorga yangi "dorboz" topish kerak. Uni ham 3 kun keraksiz muhokama qilib tursak sovuqdan ham chiqib olamiz, xudoxohlasa.