Get Mystery Box with random crypto!

#piece_of_book Islomdan keyin, ortga qaytish - kufr ekanligi | Notes_pg📖

#piece_of_book

Islomdan keyin, ortga qaytish - kufr ekanligiga iqror bo'lgan qalbimga, iltimos, qarshilik qilmang! Onajon, siz ham men bilan birga bo'ling! Allohga qasamki, barcha ibodatlar ichida U Zotning ulug'vorligiga eng munosibi - sajda ekanligini angladim.
Peshonasini onasining lablariga yaqinlashtirarkan, undan mehr kutgancha shunday dedi:
- Ona, qizingizning peshonasidan o'pmaysizmi? Qarang, qizingizning peshonasida, butun bahorlar yig'ilsa ham undirolmaydigan gulning - sajdaning kurtaklari bor! Qizingiz Qur'onga ishondi, onajonim! Va qizingizga faqat Robbisiga sajda qilish yarashadi! Ona, men bilan eng yaxshi yo'l shu! Meni bu yo'lda yolg'iz qo'ymang! Yo'limda yo'ldosh bo'ling! Oxiratda ostidan anhorlar oqib turuvchi jannat bog'larida siz bilan yashashni xohlayman! Keling, onajon!

Ahmad Gunbay Yildiz "Bizga sajda yarashadi"

@notes_pg