Get Mystery Box with random crypto!

Muallif tomonidan o'ta bo'rttirib yuborilgan, fantastik qobili | Nota bene!

Muallif tomonidan o'ta bo'rttirib yuborilgan, fantastik qobiliyatlar, ideal tashqi ko'rinish va favqulodda omadli sifatida tasvirlanadigan personaj arxetipi. Ko'pincha bunday personajning asarga kiritilishiga muallifning o'zini asarga "qo'shish"ga urinishi sabab bo'ladi.

"Meri Syu" termini muxlislar orasida salbiy termin sifatida qaraladi. Chunki bunday personaj o'ta ideallashtirib yuboriladi.

Termin Pola Smitning 1973-yilda "Trekka povesti" parodiyasidagi qahramon nomidan kelib chiqqan. Uning bosh qahramoni — Meri Syu 15,5 yoshda dengiz flotining leytenanti (eng yosh leytenant) etib tayinlangan. Muallif Meri timsolidan foydalanib, "Star Trek" fantastik olamining haqiqiy bo'lmagan personajlari ustidan kulgan.

Nota bene!