Get Mystery Box with random crypto!

#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini Kuni | Nordic International University

#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

Kuni kecha "Bolalar ombudsmani sovrini" uchun respublikamizning barcha hududlaridan bo‘lgan 8, 9, 10 va 11 sinf o‘quvchilari fizika fani bo‘yicha o‘zaro bilim sinashdilar.

Mazkur onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun 100 ming nafardan ortiq (100 981 nafar) fizika faniga qiziqqan yosh bilimdonlar belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan o‘tib, ulardan eng kuchlilari aniqlandi. (Yuqoridagi slaydda g‘olibar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan).

Onlayn olimpiadaning muhim jihati bolalarimiz sinovdan o'tishi bilanoq o'zlari to'plagan ball bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Farzandlarimizda aniq fanlarga bo‘lgan bu ishtiyoq yanada ortishiga, ularning kelajakda fizika va injeneriya sohasida jahon miqyosidagi mutaxassislar, buyuk olimlar bo‘lib yetishib chiqishiga ishonchimiz komil.

Fursatdan foydalanib, olimpiadani tashkil qilishda amaliy ko'mak ko'rsatgan Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda IDC o'quv markaziga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

Olimpiada sovrinlarining o‘z egalariga topshirilishi borasida yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz .

Telegram|Facebook|Instagram|X