Get Mystery Box with random crypto!

#xalqaro_hamkorlik Kyungwoon universiteti bilan hamkorlik o | Nordic International University

#xalqaro_hamkorlik

Kyungwoon universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

XNUga Janubiy Koreyaning Gumi shahrida joylashgan Kyungwoon universiteti xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i, professor Joy Lu Young Chun tashrif buyurdi.

Nufuzli mehmon ushbu xorijiy universitetda turli ta'lim yo‘nalishlarida tadqiqotlar amalga oshirilishi, tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatdoshlik borasidagi ustunliklariga to‘xtaldi.

Muzokara davomida XNU va Kyungwoon universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolanib, talabalar almashish, ikki tomonlama diplom uchun o‘qitish dasturlarini amalga oshirishga kelishildi.

XNU rasmiy kanali