Get Mystery Box with random crypto!

EYUF (El-Yurt Umidi Foundation) ~Bu O'zbekistondagi yoshlarni | Isᴀᴀᴄsᴏɴ's ɴᴏᴛᴇs

EYUF (El-Yurt Umidi Foundation)

~Bu O'zbekistondagi yoshlarni dunyoning TOP 300 universitetlariga jo'natadigan jamg'arma hisoblanadi.

~Jamg'arma yiliga 2-3 marta tanlov e'lon qiladi va saralab olib, jo'natadi. Shuni ta'kidlab o'tishim kerakki, nogironligi bor yoshlarni ham o'qishga yuboradi.

~Siz tanlovlarda qanday ishtirok eta olasiz?
1. Sizda TOP 300 universitetlardan acceptance letter va scholarship bo'lishi kerak, qancha scholarship bo'lsa shuncha yaxshi.
2. Tanlov e'lon qilinganida siz acceptance letter bilan birgalikda insho taqdim qilasiz o'zbek tilida. Insho nimalarni o'z ichiga oladi: O'zingiz haqingizda, yutuqlaringiz, o'qimoqchi bo'lgan universitetingiz va kelajakda O'zbekistonda qanday ishlar amalga oshirmoqchiligingiz haqida.

~ Sizning hujjatlaringiz tekshirilib, 2-bosqichga o'tganingizda sizni test sinoviga taklif qilishadi. Test haqida to'liq ma'lumotni shu link orqali ko'rishingiz mumkin.

~So'nngi bosqich bu suhbat jarayoni. Suhbatga siz har tomonlama tayyor bo'lib borishingiz kerak. Nimalar so'rashi, nimalar bilishingiz haqida men aytib tugata olmayman. Yaxshisi o'zingiz ko'ring. Ma'lumot shu yerda.

~Eng muhimi agar g'olib bo'lsangiz sizdan umuman mablag' talab etilmaydi. Barcha barcha harajatlaringiz qoplanadi. Bu juda ham zo'r imkoniyat, harakat qiling. Yildan yilga stipendiantlarga ajratilgan o'rinlar soni ko'paymoqda.

Qolgan ma'lumotlarni yozib olingan webinardan hamda @elyurtumidifoundation dan bilib olsangiz bo'ladi. Kirib o'rganib chiqing, ko'rmay turib savol bermang iltimos

#copyright

@HQ_Blog